CHORVACHILIK MAXSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIKNI OSHIRISH, UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI TIZIMLASHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
Samaradorlikni, ChorvachilikAbstract
Chorvachilik – respublikamiz qishloq xo‘jaligining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ikkinchi o‘rindagi tarmog‘i hisoblanadi. Chorvachilik tarmoqlarining maqsadga muvofiq, samarali joylashtirilishi, rivojlantirilishi respublikada mehnat taqsimoti ijobiy hal etilishiga bevosita ta’sir etadi. Hududlarning tabiiy, iqtisodiy sharoitlarini hamda bozor talablarini e’tiborga olgan holda chorvachilikning qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, balliqchilik, asalarichilik, yilqichilik andatrachilik tarmoqlari joylashtirilishi va rivojlantirilishi zarur. Chunki bu tarmoqlarda oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati korxonalari uchun go‘sht, sut, jun, teri, ichak, asal va boshqa mahsulotlar yetishtiriladi. Natijada sanoat tarmoqlarining rivojlantirilishi ham ta’minlanadi. Chorvachilik tarmoqlarida inson salomatligi uchun zarur, oqsil moddalarga boy bo‘lgan turli xildagi mahsulotlar ham yetishtiriladi.