NOAN’ANAVIY SABZAVOT EKINI ARTISHOK (CYNARA SCOLYMUS L) O‘SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI

Authors

  • Shokirov Alisher Jo‘raboyevich Toshkent sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti bosh maslahatchisi q.x.f.d.
  • Madumarova Gulyora Qobiljon qizi Andijon qishloq xo‘jaligi va agratexnologiyalar institute Tayanch doktoranti

Keywords:

Artishok, noan’anaviy, dorivor, protein, oqsil, inulin, vitamin, qand, klechatka

Abstract

Inson xayoti davomida doimiy foydalanadigan o‘simliklardan tashqari yangicha ta’m va mazaga, qolaversa, tabiiy ravishda kam miqdorda organizmga kiradigan foydali moddalarga boy bo‘lgan boshqa tur maxsulotlaridan ham uzluksiz foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Shunday maxsulotlardan biri bu qoqio‘tdoshlar oilasiga mansub tikanli Artishok (Cynara Scolymus L) hisoblanadi. Artishok (Cynara Scolymus L) O‘zbekiston Respublikasi uchun noan’anaviy bo‘lgan, ammo ko‘plab boshqa mamlakatlarda sevimli sabzavot ekini, dorivor ekin va yaxshigina ozuqabop yem hashak ekini sifatida bir necha asrlardan buyon ekib yetishtirib kelinmoqda.

Downloads

Published

2022-07-04