SANJAR TURSUN IJODIDA MILLIY RUHNING O'ZIGA XOS TASVIRI
Main Article Content
Abstract
Tayanch So‘zlar: Ovol, Oqshom, Kapa, Chavondoz, Tong, Taqa. Yozuvchi Sanjar Tursunovning birinchi kitob to‘plami bo‘lgan “Muzaffar tong” kitobi yillar o‘tgan bo‘lsada hali-hamon kitobxoni diqqatini tortib, kitobni sevib o’qishga majbur qiladi. Kitobda aks ettirilga voqea va hodisalar insonning fikru-zikrini tortadi. Har bitta hikoyasida olam ma’no borligi sezilib turadi. Sanjar Tursunov asarlarida badiiy psixologik-ruhiy tasvirning o‘rni benihoya kattadir. Ayniqsa “Muzaffar tong” deb atalgan to‘plamida psixologik-ruhiy tasvir tushunchasi ostida milliy ruh, asar qahramonlarning ruhiy olamiga singib ketganiga guvoh bo'lasiz. Qahramonlarning ichki dunyosi, orzu-o‘ylari, kechinmalari, kayfiyatlari hamda intilishlarini yuksak badiiylik asosida tasvirlanishi millitimiz psixologik ruhiyatiga asoslangan holda yorqin ifodasini topgan. Uning mohiyatini esa, qahramon ruhiyatiga xos xislatlarning, ruhiy olamining qay holda, qay vaziyatda o‘zbek milliy ruhining namoyon bo‘lganligini ko’rasiz. O‘zbekona milliy mentalitetga xos bo‘lgan badiiy asar olamiga kirganligingizni his qilasiz. “Muzaffar tong” hikoyalar to‘plamida milliy ruh tasvir anchagina chuqur va ko‘p qirralidir, ya’ni unda, nafaqat milliy ruhiy, psixologik tasvir, balki ruhiy tahlil hukmronlik qilish darajasiga yetadi. Ruhiy tahlil kuchli bo‘lgan bu badiiy asarda xatti-harakat, epizod, har bir voqea u yoki bu qahramonning ichki-ruhiy olamini ochishga bo‘ysundirilgan va kitobxonga soddalik bilan etkazib berilgan.