DASTURLASH TILLARINING RIVOJLANISHI VA TAHLILI
Keywords:
Dasturlash tillari, algoritmik tafakkur, kompilatsiya, interpratsiya, JavaScript, Python, kodlash avtomatizatsiyasiAbstract
Ushbu maqolada dasturlash tillarining tarixiy rivojlanish bosqichlari, ularning asosiy paradigmalari va zamonaviy ko‘rinishlari chuqur tahlil qilinadi. Mashina kodlaridan boshlab, sun’iy intellektga yo‘naltirilgan tillargacha bo‘lgan jarayonlar ketma-ketligi o‘rganiladi. JavaScript, Python, Go, Rust, Kotlin va Swift kabi zamonaviy tillarning afzalliklari, qo‘llanish sohalari va texnik xususiyatlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolada dasturlash tillarini o‘rganishdagi muammolar, kompilatsiya/interpratsiya jarayonlaridagi cheklovlar, platformaga bog‘liqlik va xavfsizlik masalalari tanqidiy yondashuv asosida bayon etiladi. Kelajakda paydo bo‘lishi kutilayotgan yangi tillar, AI asosida kodlash tizimlari va multidisiplinar dasturlash yondashuvlariga doir prognozlar beriladi. Xulosa qismida esa O‘zbekistonda va global miqyosda dasturlash tillarini o‘rganish va tatbiq etishga doir metodik va strategik tavsiyalar keltirilgan.