ILTIFOT VA ETIKETNING IJTIMOIY-MADANIY ME’YORLARI

Main Article Content

Sadikov Erkin Tursunovich

Abstract

Turli madaniyatlarga mansub ingliz tilida so'zlashuvchilar soni global miqyosda tobora ortib borayotganligi sababli, ingliz tilidan ko'pincha madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida foydalaniladi. Ingliz tili dunyo aholisining aksariyatini bir-birlari bilan bog’laydigan xalqaro tildir. Shu o’rinda til o’rgatish davomida o’qituvchilarning vazifasi faqatgina o’quvchiga tilni vosita sifatida o’rgatish emas, balki o’zi va boshqa xalqlarning madaniy xususiyatlarini ham o’qitish bilan nisbatlanadi. Bu borada til o'rganuvchilarga o'z madaniyati va boshqalarning qadriyatlari haqida tushuncha berish dolzarb hisoblanadi. Jarayonning jadallashishida madaniyatlararo pragmatik tadqiqotlar hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin. Nutq harakatlarini amalga oshirishda pragmatik normalar yetakchi o’rin tutib, bu muloqotga kirishuvchilarning qarashlari, bilimlari hamda madaniy qadriyatlarida plyuralizm – ya’ni, turli-tumanlikni keltirib chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, nutq aktlarining madaniy asoslari va ularga bog'liq bo'lgan madaniy tushunchalar har bir til va madaniyatga qarab farq qiladi

Article Details

Section
Articles