YOSHLAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY CHOLG‘U IJROCHILIGINING PEDAGOGIK- PSIXOLOGIK TAHLILI.

Authors

  • Dadamirzayeva Gulshanoy To‘lanjon qizi Farg‘ona Davlat Universiteti magistranti

Keywords:

ma’naviyat, yosh avlod, pedagogic talablar, tahlil, psixologik ta’sir, faollik, fidoyilik, nazariy bilimlar, amaliy bilimlar, milliy cholg‘ular ijrosi.

Abstract

Ushbu maqolada musiqa mashg‘uloti o‘qituvchisiga qo‘yilgan pedagogik talablar tahlil qilingan. Shuningdek, yangi O‘zbekistonni yanada gullab-yashnashi uchun yuksak ma’naviyatli yetuk kadrlar yetishtirishda musiqaning ahamiyati beqiyos ekanligi yoritiladi. Shu bilan birga musiqa bilan shug‘ullanish yosh avlodni ko‘p jihatdan tarbiyalaydi, serqirra ijodkor bo‘lib shakllanishi uchun yordam beradi. Aqlan yetuk jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishida katta ahamiyat kasb etadi. Maqolada musiqa - idrok etish, yodda saqlash, his qilish, his-tuyg‘ularni boshqarish, o‘rganish va o‘rgatish kabi juda ko‘p aqliy faoliyatlarni o`z ichiga qamrab olganligi bilan ajralib turishi yoritib beriladi. Aynan ana shu aqliy faoliyatlar o‘quvchi yoshlarni yuksak ma’naviyatli yoshlar bo‘lib yetishishi uchun asosiy tamal bo‘lib xizmat qiladi.

Downloads

Published

2024-01-15