KONFENSSIYALARARO MULOQOT VA DINIY BAG‘RIKENGLIK -JAMIYAT BARQARORLIK GAROVIDIR

Main Article Content

DJahongirova Muyassarxon Anvarovna

Abstract

Konfessiyalararo muloqot tushunchasi butun ijtimoiy-madaniy hamkorlik intizomi uchun zarurdir. So‘nggi paytlarda ushbu mavzuga qiziqish yangilanmoqda. Konfessiyalararo muloqotga bo‘lgan ehtiyoj jarayon ishtirokchilari o‘rtasida bag‘rikenglik g‘oyasini nazarda tutadi va ijtimoiy-madaniy hamkorlik sohasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Muloqot va bag‘rikenglik munosabatlari XXI-asrning muammoli masalalarini hal etishning zarur sharti ekanligi haqida ko‘plab dalillar mavjud. Ular hamkorlik va insoniyatning chinakam rivojlanishi mumkin bo‘lgan madaniy va psixologik asos sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun bugungi kunda bag‘rikenglik masalasiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam o‘rin egallayotgan bag‘rikenglik tamoyili to‘g‘risida shunday deydi: “Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi”. O‘zbekistonning kelajagi tinchlik va bag‘rikenglik, madaniyatlararo uyg‘unlik va millatlararo totuvlik kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir.


O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Article Details

Section
Articles