DUNYO VA O’ZBEKISTONNING TIBBIYOTIDA POLIMERLAR FIZIKASI VA KIMYOSINING AHAMIYATI
Abstract
O’zbekistonda va dunyoda polimerlar fizikasi va kimyosining rivojlanish istiqbollari, polimerning zanjir tuzilishi-makromolekula, polimerlarning konfiguratsiyasi, konformatsiyasi, egiluvchanligi va qattiqligi, elastomer kompozitsiyalarni atmosfera bosimida vulkanizatsiya qilishning energiya tejamkor va ekologik bezarar texnologiyasini yaratish imkoniyatlari tahlil qildim. Polielektrolitlarning barcha o’ziga xos xossalari, ularning makromolekularidagi lokal zaryadlarni kompensiyatsiyalanmagan holida namoyon bo’ladi. Bu xossalar asosan zaryadlangan poligion guruhlarni o’zaro va ularni o’rab turgan past molekulyar qarama-qarshi zaryadli ionlar bilan ta’sirlashishi bilan aniqlanadi. Polielektrolitlar suvli eritmalarda elektrolitik dissotsiastiya hodisasini namoyon qiladi. Bu hodisa molekulyar zanjir tarkibiga kiruvchi funksional guruhlar hisobiga amalga oshadi. Shuning uchun ham polielektrolitlarning suvli eritmalarini o’rganish katta qiziqish uyg’otadi.