QADIMGI BAQTRIYANING ILK TEMIR DAVRI DEHQONCHILIK VOHALARI VA QISHLOQ XO‘JALIGIGA DOIR MULOHAZALAR

Authors

  • F. X. Ishquvatov Oriental universiteti I bosqich magistri
  • H. H. Shodmonov O‘zbekiston Milliy universiteti II bosqich magistri

Abstract

Miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida O‘rta Osiyoda ham dastlabki temir buyumlar paydo bo‘ldi. Mutaxassislar fikricha, temirdan foydalanishning boshlanishi va asta-sekinlik bilan mintaqa bo‘ylab keng yoyilishi mil. avv. X-VI asrlarga to‘g‘ri keladi[1]. “Avesto” da temirning kashf etilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bo‘lmasa-da, “Kichik Avesto” dagi “ayah” so‘zini V. Geyger “temir” deb o‘qigan bo‘lsa, A. Bartolome esa bu terminni umumlashtirib “metall” deb tarjima qilganligidan ham ma’lum bir xulosaga kelish mumkin.

 

Downloads

Published

2023-05-31