INSON OMILINI BOSHQARISHDA MOTIVASIYA MEXANIZMLARIDAN FOYDALANISH MASALALARI
Keywords:
inson, omili, iqtisodiy, taraqqiyot, motivasiya mexanizmlari, xodim, kasbiy daraja, bandlikAbstract
Inson omillaridan oqilona foydalanish iqtisodiy taraqqiyotning muhim sharti bo‘lib, u aholi turmush darajasini oshirishda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatni harakatga keltirishning asosiy vositasi bo‘lgan inson omilining mohiyati, tashkiliy-ijtimoiy mazmuni, uning sifat o‘zgarishlari va undan oqilona foydalanish yo‘llarini aniqlash iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada inson omilini boshqarishda motivasiya mexanizmlaridan foydalanish masalalari yoritib berilgan.