YASHAR KAMOLNING “SEVGI AFSONASI” (“AĞRIDAĞ EFSANESI”) ROMANI TARJIMASIDA VOQELIK IDROKI VA TARJIMA FAOLIYATI
Main Article Content
Abstract
Kognitiv yo‘nalishda qalam tebratyotgan tadqiqotchilar ushbu sohaning asosiy tushunchalari sifatida “kognitsiya” va “bilim”ni e’tirof etadilar. Ulardan birinchisi tamoman ma’no bilan bog‘lanmasdan, haqiqiy bilimdan tashqari, yanglish hulosalar bilan ham ish ko‘radi hamda bilim va mulohazalarga murojaat qiladi. Ammo ushbu mulohazalarning ba’zilari xato yoki haqiqatga mos kelmasligi mumkin. V.Z.Demyankov qayd etganidek, kognitiv harakat til hududidan chetda sodir bo‘ladi: “Turlar va individlar tadrijiy rivojida gaplar tuzilishini shakllantirish va ularni anglashni ta’minlovchi kognitiv strukturalar lisoniy rivojdan oldingi davrda, ya’ni olamga moslashuvga intilish tuyg‘usi tug‘ilishidan oldin paydo bo‘ladi. Hali lisoniy qobilyatga ega bo‘lmagan bola, huddi gumanoidlar kabi, atrofida kechayotgan voqealar ahamiyatini seza boshlaydi va shu asnoda harakat qilishni o‘rgana boshlaydi” (Demyankov 1994:30).